“Botqoqlar” deganda yoqimsiz manzara köz oldimizga keladi. Aslida esa ular ekotizimning muhim qismidir, ularni yöqotib qöysak, ulkan talafot yuz beradi. 2 fevral kuni Green Universityʼda Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuniga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Akmaljon Abdullayev, Aral Sea Wetlands loyihasi rahbari: Bugun Butunjahon suvli-botqoqliklar kuni. Bu kunda butun jahonda suvli-botqoqliklarni e’tirof etib, ularning muhimligini qayd etadigan kun. Bugungi tadbirda ekspertlar asosan botqoqliklarning qançalik biz uçun muhimligi, qaysi jihatlarga e’tibor bergan holda ularni asraş, ulardagi ekotizimlarni avaylaş haqida özlarining fikrlarini aytib ötişdi. Xullas, umumjahon botqoqliklar töyi bu. Özbekistonda ham botqoqliklar borligini, ular qayerda joylaşganini bilib oliş, ularning ekotizimimizga, jamiyatimizga, insonlarimizga qançalik muhimligini qayd etiş fursati.
Şokir Şaripov: Botqoqliklarga özi qanaqadir xavf tuğilganmi hozir?
Akmaljon Abdullayev: Albatta. Bizning Özbekiston Respublikasida asosiy botqoqlik hududlarimiz Amudaryoning quyi oqimi, ya’ni Orolböyi hududlari, Orol havzasi (Orol basseyni)da joylaşgan. Ekotizimlardagi kerakliça suvni yetkazib berib turiş, qişloq xöjaligi va işlab çiqariş, aholidan suvni töğri muvozanatda saqlab, taqsimlaş uçun muhimligini hamma e’tirof etdi va bizning loyihamiz aynan şu yönalişga yönaltirilgan.

Şokir Şaripov: Bu tadbirdan keyin qanaqadir amaliy işlar ham közda tutilyaptimi?
Akmaljon Abdullayev: Albatta. Bu tadbir bizning qilayotgan işlarimizning deboçasi deb aytsak ham böladi. Bu loyihaga bevosita Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi ekspertlari va Global ekologik jamğarmaning mablağlari sifatida 2022 yildan beri amalga oşirib kelinyapti. Bu hududlarda bir neça işlarni amalga oşirdik. Birinçi örinda suvni umumiy taqsimlaş masalalariga köp e’tibor berib örganildi. Ikkinçisi, yer masalalari. Degradatsiyaga uçragan yerlarni degradatsiyadan çiqariş uçun amaliy işlar bajarildi. Birinçidan, ularni aniqlaşga katta e’tibor berildi. Qoraqalpoğistonda Amudaryo, Möynoq tumani, Buxoro viloyatida Olot va Qoraköl tumani degradatsiyaga uçragan. Şunday hududlarni aniqlab, öşa yerda uruğ ekib, milliy ekspertlar va milliy hamkorlar bilan birgalikda ma’lum işlar amalga oşirildi. Va bu hududlarda bioxilmaxillikni saqlab qoliş uçun ma’lum hududlarni himoyalangan hududlarga ötkazib, ularning texnik şart-şaroitlarini yaxşilaş böyiça işlar amalga oşirildi.








