Toşkent şahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham Olmazor tumanining 35 ta maktab direktorlari uçun seminar taşkil etildi.
“Bu seminarimiz 2 soatga möljallangan bölib, 4 ta topşiriqdan iborat. Birinçi galda yangi vazirlikning oliy maqsadini anglatiş rejalaştirilgan, buni misol tariqasida barça maktablar qilib bormoqda. Ikkinçisi esa bolalar huquqlari konvensiyasi, uni tahlil qiliş, maktabda zamonaviy talab va qadriyatlarni qanday qilib uyğunlaştiriş mumkin va samarador tizimi nima, bunda nimalarga e’tibor beriş kerak? – şularga ahamiyat beriladi. Uçinçidan bitiruvçi portreti deganda köz oldimizga qanday inson kelişi, zamonaviy öqituvçi portreti, u qanday bölişi kerakligi haqida gaplaşamiz. Şuningdek, eng oxirgi ustuvor yönalişimiz bu – şaffoflik. Bu esa sanalgan yönalişlar orasida juda muhim hisoblanadi”,– deydi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova.
“Bugungi treningimiz zamonaviy tarzda ötmoqda. Bugungi kundagi ta’lim sifatini oşiriş böyiça nima qiliş kerakligini mana şu treningda bitta-bitta bilib boryapmiz”, – dedi Olmazor tumani 15-maktab direktori Ma’mura Nişonova.
Bundan taşqari, Andijon hamda Namangandagi ixtisoslaştirilgan maktablarda ham liderlikning ahamiyati tuşuntirilmoqda. Andijon şahridagi 1-son ixtisoslaştirilgan maktab-internati direktorining aytişiça, “Liderlik haftaligi” doirasida ötayotgan treninglar ta’lim muassasalaridagi boşqaruv tizimini töğri yölga qöyişga ham yordam berişi mumkin.
“Seminarlar maktablarni boşqarişda oldingidek avtoritar rejimdan foydalaniş emas, balki u yerda liderlik faoliyatini olib borişni yölga qöyiş uçun ham ötkazilmoqda. Ya’ni bunda jamoani boşqarişda birgina insonning fikri emas, jamoaning fikrini qöllagan holda rejalarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Hozirda mazkur treninglarimizda Asaka va Marhamat tumanidan kelgan maktab direktorlarimiz iştirok etişmoqda”, – deya qayd etadi Andijon şahar 1-son ixtisoslaştirilgan maktab-internat direktori Abduraşid Baybabayev.
“Bizning maktabimiz Asaka tumanining çekka bir qişloğida joylaşgan. Menimça, bugun treningda olgan ma’lumotlarimiz jamoamiz hamda öquvçilarimiz orasida keng tatbiq etilsa, bu – muvaffaqiyatlarga erişiş yölidagi bir qadam böladi”,– deb aytadi Asaka tumani 7-sonli umumta’lim maktabi direktori Zulfiya Qambarova.












