Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya tomonidan o‘ldirilgan qora tanli yigitning qarindoshlariga 1,5 million dollar to‘lanadi
Los-Anjyeles (Kaliforniya) hukumati huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olish vaqtida o‘ldirilgan qora tanli yigitning qarindoshlariga 1,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu haqida Los Angeles Times nashrida xabar berildi.
AQShda ommaviy norozilik kayfiyatini uyg‘otgan voqea 2014 yilda ro‘y bergan. Shaharning nobop tumanlaridan birini qo‘riqlayotgan ikki politsiyachi - Sharlton Uompler va Antonio Vilegas shubhali ko‘ringan 25 yoshli Izel Fordga diqqat qilishgan. Huquq himoyachilari uni chaqirishgan, biroq u javob bermay, ketishga chog‘langan. Politsiyachilar uning yonida giyohvand moddalar borligini gumon qilib, uni qo‘lga olmoqchi bo‘lishgan.
To‘qnashuvda Ford go‘yoki Uomlerdan qurolni tortib olmoqchi bo‘lgan, bunga javoban politsiyachilar o‘q uzishgan. Ford shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan. Huquq-tartibot organi xodimlariga nisbatan tergov yo‘lga qo‘yilgan, lekin politsiyachilarga qarshi hech qanday ayblov qo‘yilmagan. Hukumat politsiyachilar o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lishgan, degan xulosaga kelgan.
Fordning qarindoshlari uning shizofreniya va maniakal depressiyadan aziyat chekkanini ta'kidlab, uning o‘limidan so‘ng Los-Anjyeles hukumatini sudga berishgan va 75 million dollar talab qilishgan. Natijada tomonlar kamroq pulga kelishib olishdi.
Fordning o‘limidan keyin Los-Anjyeles va Amerikaning bir qator boshqa shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:16 / 02.07.2026
“Yangi uyda yashashni hamma xohlaydi” - toshkentliklar renovatsiyaga qanday fikrda?
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026