Jahon | 20:13 / 10.02.2017
9006
2 daqiqa o‘qiladi

Asad AQShning terrorchilarga qarshi kurashini «kosmetik kampaniya» deb atadi

Foto: Interfaks

Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi koalitsiyani «kosmetik kampaniya» sifatida baholadi. Bu haqda Yahoo News xabar tarqatdi.

«Bu IShIDga qarshi kosmetik amaliyot bo‘lgandi. Terrorchilar Suriyaga Rossiya kirib kelib, ularga qarshi aviatsiya orqali hujum boshlamaguncha sira kuchsizlanmagandi», — degan ushbu siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID jangarilari Amerikaning emas, Rossiyaning harbiy kampaniyasi tufayli kuchsizlana boshladi va jiddiy yo‘qotishlarga uchradi.

«Ular bizning neft havzalarimizdan foydalanib, mahsulotlarni minglab yuk mashinalari orqali qay yo‘l bilan eksport qildi? Turkiya samolyotlari va sun'iy yo‘ldoshlari esa buni «payqamadi», — degan Asad.

Bundan tashqari, u Rossiya Suriyaga kelgach, jangarilarning neft tashuvchi karvonlari yo‘q qilina boshlanganini e'tirof etgan. U shuningdek, «rossiyalik ittifoqchilari» bilan shaxsan aloqada bo‘lib turishini ma'lum qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid