24 yil mobaynida Suriyani boşqargan, bir yil oldin kötarilgan isyon natijasida hokimiyatdan ağdarilib, Rossiya maxsus xizmatlari yordamida mamlakatni tark etişga muvaffaq bölgan Başar Asad Moskvada pinhona hayot keçirmoqda. The Guardian naşri Rossiya va Suriyadagi manbalariga tayanib, uning quvğindagi hayoti haqida ayrim ma’lumotlarni aniqladi.

Asadlar oilasiga yaqin bölgan şaxsning jurnalistlarga aytib berişiça, Suriyaning sobiq rahbari butunlay ihotalab qöyilgan.

U hozirda özining asl kasbi bölgan oftalmologiya bilan ovunmoqda va bu sohadagi bilimlarini çuqurlaştiriş uçun darslarga qatnamoqda. Başar Asad 1990-yillarda Londonda tibbiyot oliygohida tahsil olgan va rafiqasi Asma bilan öşa yerda tanişgan. U Suriyadaligida, fuqarolik uruşi boşlanişidan oldin ham Damaşqda muntazam tarzda oftalmologiya bilan şuğullangan. Endi esa u şifokor sifatida işlaşga va Moskva elitasi vakillarini davolaş bilan şuğullanişga ham tayyor.

The Guardian suhbatdoşining sözlariga köra, Başar Asad rus tilini ham katta iştiyoq bilan örganmoqda.

Naşr maqolasida yozilişiça, Asadlar oilasi haşamat içida hayot keçirmoqda, ammo uning özi taşqi dunyodan uzib qöyilgan – unga Suriya yoki Rossiya elitasi vakillari bilan aloqa örnatişiga ruxsat yöq. U «faqat bir neça kişi» bilan gaplaşişi mumkin. Bunday odamlar orasida prezident işlari böyiça sobiq vazir Mansur Azzam va sobiq iqtisodiy maslahatçisi Yassar Ibrohim bor.

Kremlga yaqin bölgan manbaning naşrga aytişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Asadni endi muhim figura deb hisoblamaydi, çunki «hokimiyatdan mahrum bölgan yetakçilarga uning toqati yöq». Moskvada suriyalik sobiq diktatorni endi nufuzli şaxs sifatida ham, hatto «keçki ovqatga taklif qiliş mumkin bölgan qiziqarli mehmon» sifatida ham körişmayapti.

Sönggi vaqtlarda Asadlar oilasi vakili faqat bir marta ommaga köriniş berdi, şu yil yozida uning qizi – 22 yoşli Zeyn Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan va bitiruv marosimida qatnaşgandi. U yerda sobiq diktatorning rafiqasi Asma va uning ikki öğli – 24 yoşli Hafiz va 21 yoşli Karim ham bor edi. Oila a’zolari e’tibor jalb qilmaslikka harakat qilişgan. Talabalardan biri oila uzoq vaqt qolmagani va boşqa oilalar kabi Zayn bilan sahnada suratga tuşmaganini aytib bergan.

Ma’lumotlarga köra, Asadlar oilasi «Moskva-Siti»da bir neçta kvartiraga ega, şuningdek, Rublyovkada ham uylari bor. Başar Asad Suriyadan kamida 250 million dollar naqd pul olib çiqib, Rossiya banklariga joylaştirgan.

Sobiq diktatorning ukasi Mohir Asad ham Moskvada yaşaydi. Ilgari u Suriya Arab armiyasining 4-zirhli diviziyasiga – Suriya qöşinlarining elita bölinmasiga qömondonlik qilgan. Bundan taşqari, Mohir Asad Yaqin Şarqda keng tarqalgan sintetik giyohvand modda – kaptagonni işlab çiqaradigan va sotadigan davlat narkokartelining amaldagi rahbari edi.

Die Zeit naşri Başar Asad Moskvada videoöyinlarga mukkasidan ketgani, Mohir Asad esa Four Seasons mehmonxonasida yaşaşi, u bu yerda içiş va çilim çekiş bilan maşğul ekani haqida yozgan.

Asadning farzandlari Birlaşgan Arab Amirliklariga tez-tez taşrif buyurişadi. Oila hokimiyat tepasida bölgan davrda ham BAA ularning sevimli dam oliş maskani bölgan. Hokimiyat qöldan ketganidan keyin ham avvaliga Asadlar BAAga doimiy yaşaş uçun köçib ötişga umid qilişgandi, çunki bolalar Moskvada moslaşişda qiyinçiliklarga duç kelişgan. Ammo bu rejalardan voz keçişga töğri kelgan. The Guardian qayd etişiça, uşbu mamlakat rasmiylari jamoatçilik fikri haqida unçalik qayğurmasa-da, Suriya sobiq diktatorini qabul qiliş «hatto BAA uçun ham noqulay bölardi».

Asadning özi Rossiyaga qoçib ketganidan keyingi dastlabki oylarda asosiy e’tiborini leykemiya taşxisi qöyilgan rafiqasining soğliğiga qaratgan. U Suriya rejimi qulaşidan oldin ham Moskvada davolangandi. Manbaning sözlariga köra, u «Rossiya maxsus xizmatlari nazorati ostida ötkazilgan eksperimental terapiya»dan söng özini yaxşi his qila boşlagan.

Endi Başar Asad OAV bilan gaplaşib, Suriyada sodir bölgan voqealar böyiça öz versiyasini bayon qilmoqçi. U allaqaçon Rossiyaning Russian Today propagandaçi kanali va öng yönalişdagi amerikalik podkastçilardan biri bilan intervyu ötkazişga kelişib olgan. Biroq, bu intervyular amalga oşişi uçun u Rossiya hukumatining ruxsatini kutmoqda.

2024 yil dekabr oyida Başar Asadni ağdarib, hokimiyatga kelgan Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a Rossiyadan Asad va uning atrofidagilarni topşirişni talab qilib kelmoqda. U joriy yil oktyabr oyida Moskvaga amalga oşirgan taşrifi vaqtida ham bu talabni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yetkazgan, ammo hozirça ijobiy javob bölmayapti.

Rossiya Asadning asosiy ittifoqçisi bölgan va Suriyada 2011 yilda boşlangan fuqarolar uruşi paytida unga hokimiyatni saqlab qolişda yordam bergan. Diktator taxtdan ağdarilganda esa, Rossiya unga siyosiy faoliyatdan voz keçiş şarti bilan boşpana bergandi.

Oiladan taşqari Suriya elitasi köplab vakillari hamda armiyaning yuqori martabali zobitlari hozirda Rossiyadan qönim topgan. OAV ma’lumotlariga köra, Asad rejimi qulaganidan keyin Rossiyaga 1200 nafarga yaqin sobiq suriyalik zobit kelgan.

Ular Suriyada fuqarolik uruşi davrida sudsiz qatllar amalga oşiriş, şaharlarni artilleriyadan öqqa tutiş va havodan bombardimon qiliş, tinç aholi vakillarini öldiriş, taqiqlangan qurollar, jumladan kimyoviy qurollar qöllaş hamda boşqa köplab harbiy jinoyatlar uçun javobgar sanaladi.