Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston kapital bozorida eng yaxshi - 2016” yillik tanlovining g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 10 fevral kuni Respublika birja markazida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2012 yildagi PQ-1727-son Qarori va 24.04.2015 yildagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq fond bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy Yagona dasturiy-texnik kompleks (keyingi o‘rinlarda – YaDTK) ishga tushirilganligi, mazkur kompleksning imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, anjumanda har yili o‘tkaziladigan “O‘zbekiston kapital bozorida eng yaxshi” yillik tanlovining 2016 yil kuni bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Anjuman ishtirokchilari yangi kompleksda turli operatsiyalarni amalga oishirish texnologiyasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Xususan, YaDTK imkoniyatlaridan foydalangan holda qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi bitimlari onlayn tarzda www.fondbozori.uz veb ilova orqali amalga oshirildi.
“O‘zbekiston kapital bozorida eng yaxshi” yillik tanlovining 2016 yil kuni bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblarni aniqlash, munosib nomzodlarni tanlash va g‘olib deb e'tirof etish tartibi adolatliligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida Qimmatli qog‘ozlar markazi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Markaziy depozitariy, “Toshkent” RFB va “Elsis-savdo” AJ vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzilganligi aytib o‘tildi.

Qayd etilgan Komissiyaning qaroriga ko‘ra quyidagilar “O‘zbekiston kapital bozorida yeng yaxshi” yillik tanlovining 2016 yil kuni bo‘yicha g‘oliblari deb e'lon qilindilar
- “Eng yaxshi korporativ boshqaruv” nominatsiyasida – “Dori darmon” Aktsiyadorlik kompaniyasi;
- “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” nominatsiyasida – “Portfolio Investments” MChJ;
- “Eng yaxshi investitsiya maslahatchisi” nominatsiyasida – “Kapital depozit” MChJ.
Anjuman yakunida kun tartibi bo‘yicha fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. OAV vakillari va qolgan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, ularga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:21 / 23.12.2025