Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh mamlakatda 20 yildan ortiq yashagan Meksika fuqarosini davlatdan chiqarib yubordi
Meksika hukumati o‘z fuqarolarini AQSh mamlakatda 20 yildan ortiq vaqt davomida istiqomat qilgan meksikalik ayolni davlatdan chiqarib yuborganidan so‘ng ehtiyotroq bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar berdi.
Meksika tashqi ishlar vazirligining bayonotiga ko‘ra, Gvadelupe Garsiya de Reyosning deportatsiyasi AQShdagi muhojirlar uchun «yangi real haqiqatdan» darak beradi.
«Shu sababdan AQShda yashovchi barcha meksikaliklarga xavfsizlik choralarini ko‘rish va konsullik bilan yaqin aloqada bo‘lish tavsiya etildi. Bu ularga tezkor vaziyatda yordam ko‘rsatish uchun kerak», - deyiladi idora xabarida.
Avvalroq AQSh milliy xavfsizlik kotibi Jon Kelli Meksika bilan chegarada devor qurilishi yaqin ikki yil ichida yakunlanishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:56
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09
AQShda aviashou vaqtida ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib, portlab ketdi
20:41 / 17.05.2026
AQSh muzokaralarni qaytadan boshlash uchun Eronga beshta shart qo‘ydi - OAV
19:00 / 17.05.2026