Jahon | 14:32 / 11.02.2017
7138
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ikkita radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Foto: Inform.kz

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda ikkita radikal guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu bir qator maxsus amaliyotlar davomida amalga oshirildi, deb xabar berdi MXQ matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, maxsus amaliyotlar Olmaota shahri va Olmaota viloyatidagi bir necha tumanlarda o‘tkazilgan.

«Ikki radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, shuningdek, diniy-ekstremistik oqimga aloqador olti nafar shaxs qo‘lga olindi», - deb xabar qilishgan matbuot xizmatida.

Umumiy hisobda terrorchilikni targ‘ib etish, terrorchilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish, diniy nifoqni yuzaga keltirish va qurol-yarog‘ni noqonuniy ravishda saqlash bo‘yicha 15 kishi hibsga olingan.

«Qo‘lga olinganlarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvlarda beshta granata, xalqaro terrorchilik tashkilotlari timsollari, noqonuniy diniy adabiyotlar topildi», - deya ta'kidlab o‘tishgan MXQda.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid