Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» va The Sun Angliya futbolidagi navbatdagi mojaro markazida
«Liverpul» jamoasi The Sun tabloidi jurnalistlari jamoaning uy uchrashuvlaridan keyingi matbuot anjumaniga kelishiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatdi.
Shuningdek, futbolchilar va murabbiylar ushbu nashr uchun intervyu bermaydi.
Xabarda aytilishicha, mersisaydliklar jamoasi ushbu nashrni «Hillsboro» fojiasi (1989 yil) bo‘yicha nashr qilingan maqola uchun hali-hanuz kechira olmayapti. O‘shanda nashrda mersisaydliklar jamoasining mast muxlislari tartibsizlik keltirib chiqargani ortidan 96 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojia ro‘y bergani yozilgandi.
2016 yilda 27 yillik tekshiruvlardan keyin sud muxlislar o‘sha fojiada aybdor bo‘lmagani haqida qaror chiqardi.
The Sun nashri muxbirlarini akkreditatsiyadan o‘tkazmaslik qarorini fojia qurbonlarining oilalari bilan maslahatlashgan holda qabul qilgan.
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022