Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanchesning qo‘li «Arsenal»ga «Hall» bilan uchrashuvda g‘alaba keltirdi
Angliya chempionatining 25-turida «Arsenal» «Hall»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
34-daqiqada chap qanotdan uzatilgan pasni himoyachi qaytarib yubormoqchi bo‘ldi, ammo to‘p Aleksis Sanchesning avval oyog‘iga, keyin qo‘liga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi. O‘yin hakami Mark Klattenburg esa bu golni hisobga oldi - 1:0.
O‘yin oxirida Sem Klukas darvoza to‘riga ketayotgan to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va Klattenburg Klukasga qizil kartochka ko‘rsatib, mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Sanches esa zarba berishda adashmadi va dublni rasmiylashtirdi. Bu uchrashuvdagi gollar uning APLdagi 16 va 17-gollari bo‘lib, u endi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Bu g‘alabadan keyin Venger shogirdlari ochkolari sonini 50taga yetkazdi va hozircha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Hall» esa hozircha 20 ochkosi bilan 18-o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
25-tur
Arsenal – Hall 1:0
Gollar: 1:0 – 34 Sanches, 2:0 – 90+2 Sanches (penalti)
Arsenal – Chex, Mustafi, Gibbs, Belerin, Koselni, Uolkott (El-Nenni, 69), Oksleyd-Chemberlen, Sanches, O‘zil, Ivobi, Koklen.
Hall – Yakupovich, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, Elabdellaui (Al-Muxammadi, 66), Haddlstoun (Diomande, 78), Ndiayye, Klukas, Markovich, Grositski (Evandro, 60), Nyasse.
Ogohlantirishlar: Uolkott (53), Gibbs (54), Ranokkiya (70), Sanches (76).
Chetlatish: Klukas (90).
Mavzuga oid
11:38 / 31.12.2025
«Arsenal» ta’qibchisiga 4 ta gol urdi, «MYu» autsayderni yengolmadi
11:59 / 28.12.2025
APLda poyga qizimoqda. Kun o‘yinlari
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:34 / 14.12.2025