Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC rahbari Meyuezer va Makgregor o‘rtasida jang bo‘lishi imkoni yo‘qligini aytdi
Mutlaq jangchilik chempionati UFC rahbari Deyna Uayt aralash kurash jangchisi, irlandiyalik jahon chempioni Konor Makgregor va amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyuezer o‘rtasida jang o‘tkazilishiga imkoniyat yo‘qligini aytdi. "Bu hech qachon yuz bermaydi, chunki buning iloji yo‘q. Makgregorda biz bilan shartnoma bor. Agar Konor bu jangni istayotgan bo‘lsa, unda yana to‘rtta jang qoldi. Bu janglaringni o‘tkazib, keyin nima qilsang qilaver", deb aytgan Uayt Irish Mirror nashriga bergan intervyusida.
Uayt yanvarda bokschilardan har biriga o‘zaro jang uchun 25 mln dollardan taklif qilgandi. Makgregor jang bo‘lishi mumkinligini va "u bu jang bilan o‘z muxlislariga ular juda ko‘rishni istayotgan narsani bera olishini" aytgan.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019