Irlandiyada sud hay’ati sobiq MMA jangçisi Konor Makgregorni 2018 yilda ayol kişini jinsiy zörlaganlik işida aybdor deb topdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Sud qaroriga köra, Makgregor jabrlanuvçiga 250 ming yevro tölaşi kerak böladi. Mazkur iş jinoiy tartibda emas, balki fuqarolik sudi doirasida körib çiqilgan — bu Makgregorga qamoq jazosi tahdid solmaganini bildiradi.

Dastlabki tergov bilan şuğullangan Irlandiya prokuraturasi Makgregorga ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan, çunki unga nisbatan jinoyat işi oçiş uçun yetarliça dalillar topilmagan. Anglo-sakson huquq tizimiga ega bölgan boşqa mamlakatlarda bölgani kabi Irlandiyada fuqarolik protsessida ham qaror çiqariş uçun talab etiladigan dalillar standarti pastroq.

Qayd etilişiça, mazkur voqea 2018 yil dekabrda sodir bölgan. Ayolning versiyasiga köra, Makgregor Dublindagi Beacon mehmonxonasida uni zörlagan va kaltaklagan. Ekspertizada ayolda kökariş va şiliniş izlarini aniqlagan.

Makgregor özining aybsiz ekanini ta’kidlagan. Sobiq MMA jangçisining aytişiça, ayol bilan örtasidagi munosabatlar uning roziligi bilan sodir bölgan.