Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyalik ijaraga olgan uyda topib olgan 270 ming yevroni politsiyaga topshirdi
Foto: Russell Boyce / Reuters
Avstriyaning Grats shahri fuqarosi ijaraga olgan uyning yerto‘lasida 269,5 ming yevro topib oldi va bu topilma haqida zudlik bilan politsiyaga xabar berdi, deb ma'lum qildi Kronen Zeitung nashri.
Ma'lum qilinishicha, 42 yoshli erkak yangi uyga joriy yilning boshida ko‘chib o‘tgan. U uy yerto‘lasini tozalayotganda u yerdan 500 yevrolik banknotalar pachkasi joylashtirilgan karton quti topib olgan. Vijdonli fuqaro pullar jinoyat bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilib, o‘ylab o‘tirmay ham politsiyaga murojaat qilgan.
Politsiyada shunday murojaat bo‘lgani tasdiqlandi, biroq boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
12:04 / 23.01.2026
Rossiya foydasiga josuslik: Venada maxsus xizmat sobiq xodimi ustidan sud boshlandi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
16:01 / 11.12.2025
Avstriya AQShga Dmitriy Firtashni bermaslik haqida yakuniy qaror qabul qildi
11:28 / 06.12.2025