Venada Avstriyaning hozir tarqatib yuborilgan Konstitutsiyani himoya qiliş va terrorizmga qarşi kuraş federal idorasi (BVT)ning sobiq xodimi Egisto Ott işi böyiça sud jarayoni boşlandi. U Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanmoqda. “Boş inspektor Ott köp yillar davomida Rossiya maxsus xizmatini Avstriya Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazgan holda qöllab-quvvatlab kelgan”, — dedi prokuror payşanba kuni, 22 yanvarda Vena yer sudidagi eşituvlarning birinçi kunida.

Ottga davlatga xiyonat qiliş, Avstriya xavfsizligi va u josuslik qilgan şaxslar xavfsizligiga tahdid soliş ayblovlari qöyilgan. Bundan taşqari, unga xizmat vakolatini suiiste’mol qiliş va poraxörlik ham ayb sifatida qöyilmoqda.

Ayblov xulosasiga köra, Ott 2015–2022 yillar oraliğida Avstriyada va xorijda maxfiy ma’lumotlar töplab, buni Wirecard kompaniyasining sobiq top-menejeri Yan Marsalek topşiriği bilan amalga oşirgan. Marsalek 2020 yili Rossiyaga qoçib ketgan va xalqaro qidiruvda.

Jumladan, Avstriya maxsus xizmati xodimi “Yevropa ma’lumotlar bazalari”dan foydalanib ma’lumot yiğgan va Italiya hamda Buyuk Britaniyaga “yordam sörovlari” yuborgan. Uning qiziqiş obekti — öz mamlakatidan qoçib çiqqan Rossiya fuqarolari, şuningdek bir jurnalist va Rossiya razvedkasining sobiq xodimi bölgan.

Avstriya prokuraturasi ma’lumotlariga köra, Ott ma’lumotlarni Moskvaga Marsalek orqali, şuningdek Bolgariya fuqarosi orqali ham yetkazgan. Uşbu bolgariyalik şaxs 2025 yili Londonda Rossiyaning josuslik tarmoği işi doirasida sudlanib, hukm qilingan. Mavjud ma’lumotlarga köra, Ott buning uçun 80 ming yevrodan ortiq pul olgan.

AFP agentligi öz qölidagi ayblov xulosasiga tayanib yozişiça, avstriyalik tergovçilar Ottni 2019 yili Berlindagi Tirgarten boğida çeçen qömondoni bölgan Zelimxon Xonqoşvilining Rossiya agenti Vadim Krasikov tomonidan öldirilişi bilan boğlaydigan hujjatni topgan. Prokuratura bu hujjatni “YeI hududida kelgusida tösiqsiz va muvaffaqiyatli suiqasdlar qiliş böyiça yöriqnoma” deb atagan.

Dpa agentligi prokuratura ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, Xonqoşvili öldirilgani va Krasikov qölga olinganidan ikki hafta ham ötmay, Ott operatsiyadagi omadsizliklar tahlili va razvedka ma’lumotlari asosida qotilliklarni qanday ötkaziş böyiça tavsiyalar tayyorlagan. Prokurorning aytişiça, bu hisobot Avstriya hokimiyati topşiriği bilan tayyorlanmagan, çunki “Avstriya xorijda odam öldirişni buyurmaydi”.