Jahon | 20:09 / 12.02.2017
9357
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Suriyada muddatdan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi mumkinligini aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Suriyada muddatdan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. U bu haqda Yahoo News axborot portaliga bergan intervyusida aytdi. Asadning aytishicha, biroq "bu haqda gapirishga erta". Avval parlament saylovlari o‘tishi va milliy birdamlik hukumati yaratilishi lozim. Ammo terrorchilar ustidan g‘alaba qozonmasdan buni amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Asad, shuningdek, IShIDga qarshi kurashda eng ko‘p ulushni G‘arb davlatlari koalitsiyasi emas, balki Rossiya kiritayotganini aytdi.

"Iroqdagi urush IShIDning paydo bo‘lishiga olib keldi. IShIDni kim yaratgan? Men yaratdimmi? Balki sizdir? Biz terrorchilarga pul bermaganmiz, ularni qo‘llab-quvvatlamaganmiz. Sizning davlatingiz esa qo‘llab-quvvatladi. Buyuk Britaniya va Fransiya ham. IShID esa AQSh emas, balki Rossiya aralashuvidan keyin mag‘lub bo‘la boshladi. Ruslar ularga hujum qilib, ularni yakson qila oldilar", deb aytdi Asad.  

Asad AQSh IShIDga qarshi olib borayotgan kampaniyani "pardozlash" deb aytdi. Asadning aytishicha, Suriya Rossiyadan terrorchilikka qarshi kurashga qo‘shilishni so‘raganda "ruslar bu masalaga samimiy yondoshganlar". Asadning ta'kidlashicha, agar amerikaliklar ham shunday samimiy bo‘lsalar, unda Damashq ham ularning va istalgan boshqa davlatning bu kurashdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid