Gretsiyaning Saloniki shahrida topilgan aviabomba tufayli 72 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Foto: Reuters
12 fevralda Gretsiyaning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahari Salonikida 4 fevralda topilgan, Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi aviabombani xavfsizlantirish uchun 72 ming kishi evakuatsiya qilinadi.
Bu Gretsiyada tinch vaqtidagi eng yirik aholi evakuatsiyasi bo‘ladi. Bombani xavfsizlantirish operatsiyasi hukumatga 9,5 ming yevroga aylanadi. Operatsiya mahalliy aholida xavotir uyg‘otgan. Shu sababli mahalliy rahbariyatning 10 ta telefon raqamiga 3,5 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushgan.
250 kg lik bomba shaharning Kordelio tumanida AYoQShdagi kovlash ishlari vaqtida topilgan. Ehtiyot chorasi sifatida yon-atrofdagi uylardan 300 ga yaqin kishi evakuatsiya qilingan. AYoQShning yer ostidagi sisternalaridagi barcha yonilg‘i tortib olingan va benzin bug‘lanmasligi uchun suv bilan to‘lg‘azilgan. Keyinroq operatsiya qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rish uchun boshqa sanaga ko‘chirilgan.
Bomba 5 metr chuqurlikda joylashgan. Harbiylar bomba joylashgan chuqur atrofida qum solingan qoplardan to‘siq hosil qilishgan. 12 fevralda mutaxassislar bombaning portlovchi mexanizmini olib tashlashga harakat qilib ko‘rishadi. Agar buning uddasidan chiqilsa, xavfli topilma poligonga olib chiqilib, yo‘q qilinadi.
Shu tufayli mahalliy vaqt bilan soat 07:00dan (Toshkent vaqti bilan 10:00) boshlab bomba topilgan joydan 1,9 km radiusda joylashgan uylardan aholi olib chiqib ketiladi. Aholi avtobuslarda vaqtinchalik boshpanalarga olib boriladi.
Operatsiyani soat 10gacha yakunlash rejalashtirilgan. Maxsus himoya kiyimidagi mutaxassis bomba joylashgan chuqurga tushib, uchta hamkasbi yordamida undan detonatorni chiqarib olishga urinib ko‘radi. Shundan keyin bomba qazib olinadi va kranda harbiy avtomobilga yuklanib, poligonga olib chiqiladi. Bomba poligonga olib ketilayotgan vaqtda yo‘llardagi harakat to‘xtatiladi.
Afina yangiliklar agentligining ta'kidlashicha, ushbu bomba 1943 yil 5 dekabrda Salonikining inglizlar tomonidan bombardimon qilingan vaqtda portlamay qolgan bombalardan biridir. 1997 yilda bomba topilgan tumanda 200 kg lik bomba topilib, xavfsizlantirilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, yer ostida yana ko‘plab bombalar bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida
Jamiyat | 18:34
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
Jahon | 18:19
-
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
O‘zbekiston | 18:11
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
Mavzuga oid

16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

12:20 / 06.03.2025
Janubiy Koreyada qiruvchilar tasodifan aholi yashash joyiga 8 ta aviabomba tashladi. 15 kishi yaralandi

15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi

01:46 / 13.02.2025