Tahririyatimizga bir maktub keldi. Hayotiy misollar asosida yozilgan uşbu xat kişini öylantiradi, muşohadaga tortadi. Ayrim davlat amaldorlarining loqaydligi, manmansiraşi va buning oqibatida bir ayol öz boşidan turli qiyinçiliklarni ötkazgani maktubda tilga olingan voqealar markazida turadi.
“8 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Qonun hujjatlarini tarqatiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladilar. Şu qarorning bir bandi böyiça öz taklifimni bildirmoqçiman”, deyiladi maktubda. “Hozirgi kunda mobil telefonsiz yuradigan fuqaroning özi yöq. Şu sababli eng muhim qarorlarni SMS orqali abonentlarga uzluksiz va bepul yuborib turiş taşkil qilinsa, juda yaxşi iş bölardi. Bu orqali fuqorolarning huquqiy ongi oşib, öz huquqlarini özlari hududiy organlar orqali hal qilişga harakat qilişardi. Natijada yuqori vazirliklarga va Boş prokroturaga şikoyatlar oqimi pasayadi. Ortiqça ovoragarçiliklarga, Davlat va hokimiyat boşqaruv organlari faoliyatidagi qiyinçiliklarga, korrupsiyaga çek qöyilardi.
Qisqa qilib aytganda, bu qarorning ijrosi davlatni boşkarişda, xalqning bir maromdagi faravonligini ta'minlaşda asosiy negiz hisoblanadi. Men bu qaror çiqqanidan juda quvondim. Koşkiydi, ijrosi ham töliq amalga oşsa edi. Aytmoqçimanki, buning samarasini har tomonlama köriş mumkin. Öz huquqi oyoq osti bölib, advokat yollaşga mablaği yöq, oylar, yillar mobaynida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilib ham (bu organlarning ayrim poraxör xodimlari sababli) muammosi hal bölmagan fuqorolarimizning soni bir neça millionni taşkil qilayotgani (bugungi kunga kelib yangi prezidentimiz taşabbusi bilan oşkora qilinayapti) bizga sir emas.
“Şaxsan özim şunday vaziyatga tuşganman. Bir dona katta sigirimni qassob tanişim nasiyaga olib menga pulini bermagani yuzasidan bir yarim yil idorama idora yugurib çarçaganman. Qassob bilan sinfdoş bölganligim sababli unga işonib, qarzga sigirimni berganman. U “söyib göştini sotib, pulini ikki haftada beraman”, deb işontirgan edi. Heç qayerda işlamasdim. Oliy ma'lumotli bölişimga qaramasdan biror joydan arang iş topib, “şapka”sini berib, işga joylaşişim kerak edi va şu sabab bisotimdagi yagona boyligim - sigirimni sotişga majbur bölgandim. Qölimda uç yoşli gödagim bilan yolğiz ona edim. Hattoki mahalla ham ikki yoşdan keyin bolamga ajratiladigan nafaqani töxtatib qöygan edi. Aliment ham olmasdim. Moddiy şaroitim juda-juda oğir edi.
Farzandim ikki yoşga tölgaç, bir baklaşka qaynoq suv va bir burda nonni belimga boğlab, yaşaşimga pul topiş uçun qişloqlarga yayov borib, dala çekkasida tayoqlardan soyabon yasab, soyasiga belançakdagi farzandimni qöyib, vaqti-vaqti bilan emizib, fermerlarning ötlarini, buğdoylarini örib, dalalarida işlab, pul topib yurganman. Bir safar işlab turib, farzandimni issiq emizganligim sababli u kasal bölib qoldi. Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar bölimida bizni pulsiz davolab, ovqatlarimizgaça tekin berişgan. Hatto kasalxonadan ketayotganimizda şifokorlar farzandlari va özlariga kiçkina bölib qolgan kiyilgan kiyimlarini menga tekinga berişgan. Quvonganimdan yaxşi odamlar ham borligidan ta'sirlanib, rosa yiğlaganman, bu kiyimlarni közlarimga surtib kiyganman. Mening va farzandimning kiyinişimiz juda açinarli holatda edi öşanda. Şunday bölsa ham tumanning sobiq prokurori, IIB XOOB boş tergovçisi va qassoblarning menga umuman rahmi kelmagan. Aksinça ular men bilan suhbatlaşişdan jirkanişgan. Men öz huquqimni töliq bilmaganligim sababli ularning barçasi birgalikda tuman sobiq prokurori himoyasida meni rosa kalaka qilişgan. Respublika prokurorlariga, Ombudsmanga va boşqa kazo-kazolarga ham murojaat qilib ham işim hal bölmagan. Dalalarda işlab topgan pulimning bir qismini tejab, sigirimning pulidan umidvor bölib poçta va yöl kira xarajatlariga işlatganim befoyda bölgan. Ammo sigirimning pulini ololmadim.
















