Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
Shisha idish ichidagi maktubga 1892 yil 4 sentabr sanasi qo‘yilgan bo‘lib, u 30 metrli minoraga yangi turdagi yuritish uskunasini o‘rnatgan uch nafar muhandis nomidan patqalamda yozilgan.

Foto: Ross Russell
Shotlandiya janubidagi Korsvoll mayog‘i devorlari ostidan ichida 132 yillik maktub mavjud shisha idish topildi, deb xabar beradi BBC.
O‘lchami 20 santimetrni tashkil etadigan butilka Shimoliy mayoq boshqarmasi muhandis-mexanigi Ross Rassel tomonidan mayoqni tekshirish davomida aniqlangan.
«Bu shu qadar hayajonli bo‘ldiki, xuddi o‘tmishdagi hamkasblarimiz bilan uchrashib qolgandek edik», — deydi mayoq nazoratchisi 77 yoshli Barri Miller.
Shisha idish ichidagi maktubga 1892 yil 4 sentabr sanasi qo‘yilgan bo‘lib, u 30 metrli minoraga yangi turdagi yuritish uskunasini o‘rnatgan uch nafar muhandis nomidan patqalamda yozilgan. Ular mayoqqa yoritish uskunasini kim va qaysi firma vakillari o‘rnatganini yozib qoldirgan.
Ta’kidlanishicha, bu Shotlandiyadagi mayoqdan shu vaqtga qadar topilgan butilka ichidagi birinchi maktub hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Norvegiya qirg‘oqlarida ichida to‘qqiz yil avval yozilgan maktub bo‘lgan shisha idish topilgandi. Taxminan ming kilometr masofani bosib o‘tgan noma yo‘lga chiqarilganidan 11 yil o‘tib o‘qilgan. Islandiya davlat teleradioeshittirish xizmati butilkani topib olgan norvegiyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarda xat muallifini izlab topganini ma’lum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent metropoliteni 2025 yilda qo‘shimcha 56 ta metro vagoni xarid qiladi
O‘zbekiston | 19:51
-
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
Jahon | 19:41
-
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 19:37
-
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 19:29
Mavzuga oid

10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi

11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor

21:36 / 21.09.2024
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi

11:37 / 17.08.2024