Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandga Qozog‘iston orqali o‘tuvchi yangi yo‘l yaqin haftalarda ochiladigan bo‘ldi
O‘zbekiston va Qozog‘iston fevral oxirigacha o‘zbekistonliklarga Qozog‘iston hududi orqali Samarqandga yo‘lni ancha qisqartirishga imkon beradigan M-39 yo‘lini ishga tushirish bo‘yicha barcha jarayonlarni yakunlamoqchi. Bu haqda "Sputnik Uzbekistan" nashri muxbiriga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev ma'lum qildi.
Uning aytishicha, tomonlar barcha zaruriy ichki jarayonlarni yakunlashgan, o‘tkazish postlarini belgilab olishgan. Bu postlar odamlarga qulaylik yaratish maqsadida kunbo‘yi ishlaydi.
"Avval postlar faqat kunduzi ishlagan, endi ulardan ikkitasi kunbo‘yi ishlaydi. Asosiysi, O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasidan o‘tishi mexanizmi yengillashtirildi. Misol uchun, pasportga shtamp qo‘yilmaydi. O‘zbekistonliklarga Qozog‘iston hududiga kirayotganda maxsus migratsion kartochkani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Bu oddiy blank bo‘lib, u Qozog‘istondan chiqayotganda topshiriladi", deb aytdi Qozog‘iston elchisi.
Migratsiya kartochkasi xususiy mashinalar haydovchilariga ham, avtobuslarda ketayotgan odamlarga ham taqdim etiladi. O‘zbekistonliklardan chegaradan o‘tayotganlarida hech qanday haq olinmaydi, ya'ni chegaradan o‘tish to‘liq bepul bo‘ladi.
"Biz harakatni fevral oxirigacha yo‘lga qo‘yamiz. Qozog‘iston o‘z tomonidan barcha jarayonlarni yakunladi, endi buni O‘zbekiston qilishini kutmoqdamiz va yo‘l bo‘ylab harakatni sinxron ravishda ochamiz. Bu yaxshi qadamdir, chunki sayyohlik oqimini rag‘batlantiradi", deb ta'kidlab o‘tdi Utembayev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Maqtaaral tumani hududi orqali o‘tuvchi yo‘l 2006 yilda yopilgan edi. Bu yo‘l evaziga Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan yo‘l 24 km gacha qisqaradi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026