Sport | 23:33 / 14.02.2017
10085
1 daqiqa o‘qiladi

Aguero anchadan buyon Angliyaning boshqa jamoasiga muxlis ekaniga iqror bo‘ldi

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero 2006 yilda «Liverpul» futbolchisi bo‘lishni orzu qilgani haqida gapirdi.

«Agar menda o‘shanda tanlash imkoniyati bo‘lganida Angliya chempionatiga yo‘l olardim va «Liverpul» futbolchisiga aylanardim. Bolaligimdan buyon shu jamoaga muxlislik qilganman», – deya Agueroning so‘zlarini keltirgan TZ.

Ma'lumot uchun, 2006 yilda argentinalik bu futbolchi «Independente»dan «Atletiko»ga o‘tgan, 5 yildan so‘ng esa «Manchester Siti» a'zosiga aylangandi.

Bunda oldingi xabarlarda 28 yoshli Aguero «shaharliklar» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning o‘ziga nisbatan e'tiborsizligidan noroziligi va yozda boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirayotgani aytilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid