Sport | 20:49 / 14.02.2017
11283
2 daqiqa o‘qiladi

Maradonaning «Napoli» bilan Madridga kelishi Zidanni cho‘chitmadi

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar ligasining chorak finali doirasida «Napoli»ga qarshi o‘yin arafasida intervyu berdi. U raqib jamoaning afsonaviy futbolchisi Diyego Maradona ham neapolliklar delegatsiyasi bilan Madridga kelgani xususidagi fikrlarini bildirib o‘tgan.

«Napoli» tarkibida juda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, ularning hujum chizig‘i kuchli. Ular tezkor futbol namoyish etishadi, bizga bunday vaqtda qiyin bo‘ladi. Biz raqib bizni qarshi hujumlarda ushlashiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Bu uchrashuvni final deb atash kerakmas. Ha, bu muhim o‘yin, ammo final Kardiffda bo‘lib o‘tadi. Oldindagi bahsda ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz kerak, chunki «Napoli» kuchli jamoa.

Diyego Maradona deysizmi?  Men uni 14 yoshligimdan beri bilaman, uni hurmat qilishimni yana bir bor ta'kidlagan holda aytishim kerakki, biz maydondagi raqib haqida o‘ylashimiz kerak, men undan ko‘ra, maydondagi futbolchilardan xavfsirayman», – deya Zidanning so‘zlarini keltirgan Football Italia.

«Real» – «Napoli» uchrashuvi 15 fevral oqshomida «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkaziladi, javob uchrashuvi 7 mart kuni Neapoldagi «San-Paolo» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

Maradona «Napoli» bilan Madridga keldi. Bu Modrichni cho‘chitdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid