Angliya: Gvardiola baribir norozi

«Tottenhem» – «Nyukasl» 1:2
Gollar: 1:0 – 4 Solanke, 1:1 – 6 Gordon, 1:2 – 38 Isak.
«Tottenhem» – Ostin, Spens, Grey, Dreguşin (Regilon, 46), Porro, Sarr (Bissuma, 62), Bergvall (Meddison, 62), Verner (Son Hyon Min, 62), Kulusevski, Jonson, Solanke.
«Nyukasl» – Dubravka, Holl, Bern, Botman (Kelli, 90+2), Livramento, Joelinton, Tonali, Bruno Gimaraes, Gordon (Barns, 78), Merfi (Longstaff, 86), Isak (Uillok, 86).
Ogohlantirişlar: Bern (17), Joelinton (73), Botman (80), Isak (86), Regilon (90+9).

Ötgan yilda «Tottenhem» APL öyinlarida birinçi bölib gol ötkazişni kanda qilmadi. 2025 yilni esa «şporlar» tezkor gol uriş bilan boşladi, ammo jamoada qayta tuğiliş röy bermadi. Solankening zarbasidan ikki daqiqa ötib Gordon hisobni tenglaştirdi, bölim oxirida esa «Nyukasl»ning asosiy töpurari Isak katta sahnaga çiqdi. Şved hujumçisi avvaliga öta qulay vaziyatdan foydalana olmadi, ammo ikkinçi urinişda qatorasiga sakkizinçi öyindagi golini nişonladi. «Qarğalar» tarixida bunday seriyaga faqat ikki futbolçi — afsonaviy Alan Şirer (1996) va Jo Uillok (2021) erişgan.

«Tottenhem» himoyasidagi muammolar heç qayerga yöqolmagandi. Romero, van de Ven, Devis va Udodji hamon jarohatda. Ikkinçi goldagi asosiy aybdor Dreguşin tanaffusdayoq almaştirib taşlandi, Angelos Postekoglu himoya markaziga — 18 yoşli nominal tayanç havbek Greyga şerik sifatida qanot futbolçisi Spensni tuşirdi. Öyinning birinçi soati ortda qolganida şu kunlarda virusga çalingan va yarim soatdan ortiq öynay olmaydigan Son Hyon Min, Meddison va Bissuma öyinni kuçaytiriş uçun taşlandi. Ular hujumkorlikni oşirişdi, ammo hatto durangni ham ta’minlay olişmadi. «Şporlar» bu mavsumdagi öyinlarining yarmida yutqazib, turnir jadvalining ikkinçi qismida qolmoqda, Eddi Hau jamoasi esa qatorasiga olti ğalabadan keyin top-4 uçun kuraşni davom ettirmoqda.

«Mançester Siti» – «Vest Hem» 4:1
Gollar: 1:0 – 10, avtogol Tsoufal, 2:0 – 42 Holand, 3:0 – 55 Holand, 4:0 – 58 Foden, 4:1 – 71 Fyullkrug.
«Mançester Siti» – Ortega, Gvardiol, Ake (Uoker, 61), Akanji, Lyuis, Kovaçiç (Gundöğan, 61), Savio (Makati, 80), Bernardu Silva, de Bryuyne, Foden, Holand (Griliş, 84).
«Vest Hem» – Areolya, Uan-Bissaka, Kilmen, Todibo (Mavropanos, 53), Tsoufal, Alvares (Ingz, 87), Souçek, Sammervill, Lukas Paketa, Quddus (Gilerme, 72), Fyullkrug.