Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Elektron hukumat» markazi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi
AKT joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentining boshlig‘i Rasulov Murod Mahmudjonovich «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining rahbar o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bergan.

Rahbar o‘rinbosarini tayinlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jo‘rayev Ibrohim Jo‘rayevich, «Elektron hukumat» markazining direktori Habibullayev Sherzod Habibullaxo‘jayevich hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Rasulov Murod Mahmudjonovich 2014-2015 yillarda «Elektron hukumat» markazi Hududlarda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2015 yildan ushbu markazning AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentini boshqarib kelgan.
Mavzuga oid
22:20 / 30.09.2025
Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartirilishi mumkin
09:28 / 24.04.2024
Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda ilmiy daraja oldi
18:23 / 20.12.2023
2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
22:58 / 13.09.2023