Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxşilaş, soha va tarmoqlarni raqamlaştiriş yuzasidan yiğiliş ötkazildi. 

Unda qayd qilinişiça, 2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Özbekistonda ötkaziladi. 

Şu sababli, «maktab – tuman – viloyat – respublika» bosqiçida tanlovlar ötkazib, 5-8 sinf öquvçilari orasidan eng salohiyatli 100 nafari tanlab olinadi. 

IT yaxşi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda öquvçilar bölajak xalqaro olimpiadaga çuqur tayyorlanadi. 

Yiğilişda 2024 yilda IT xizmatlari hajmini 2 barobar oşirib, eksportini 800 million dollarga yetkaziş zarurligi qayd etildi. Davlat rahbari bu marralarga erişiş uçun çet tili va IT sohasini biladigan kadrlar zarurligini körsatib ötdi. 

Raqamli texnologiyalar vazirligi oldiga kelgusi yilda 8 ming nafar eng iqtidorli yoşlarni saralab, nufuzli xalqaro kompaniyalar talabiga mos dastur asosida öqitiş, ularni IT kompaniyalaridagi yuqori daromadli işlarga joylaştiriş vazifasi qöyildi. 

Şuningdek, kelgusi yildan «Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturçi» loyihasi boşlanişi ma’lum qilindi. 30 ming yoşni ingliz tiliga öqitib, IELTS böyiça kamida 7 ball, nemis va boşqa tillardan B2 sertifikati olişi uçun şaroit yaratilişi ta’kidlandi. 

Davlat rahbari Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi IT şaharça loyihasini ma’qullab, şu tajriba asosida 2024 yil yakuniga qadar har bir tumanda şunday şaharça yaratiş muhimligini ta’kidladi. 

Şuningdek, amerikalik hamkorlar bilan «Inklyuziv raqamlaştiriş» loyihasi doirasida kamida 20 ming nafar yoş, ayollar va nogironligi bölgan aholi bandligini ta’minlaş rejalaştirilgan. 

«Raqamlaştiriş, eng avvalo, mahalladan boşlanişi kerak, dedi prezident yiğilişda. 

Hozir «mahalla beşligi» planşet va kompyuter bilan töliq ta’minlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qançalik foydalanayotgani savol ostida. 

Masalan, yoşlar yetakçisiga subsidiya oliş uçun murojaat qilgan fuqaro haligaça mahalla raisi, hokim yordamçisi yoki bandlik bölimidan işsizlik töğrisida ma’lumotnoma olib kelişga majbur.