Jahon | 08:28 / 15.02.2017
2694
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyadagi ixtilof tomonlari saylovlar o‘tkazishga kelishib olishdi

Foto: AFP 2017/ Mahmud Turkia

Liviya milliy kelishuvi hukumati rahbari Fayoz as-Saroj va milliy armiya qo‘mondoni Halifa Xaftar Qohiradagi muzokaralar davomida mamlakatda 2018 yilda parlament va prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga kelishib oldilar. Bu haqda Misr armiyasi vakili ma'lum qildi. 

Muzokaralar ikki kun davom etgan. Ularni Liviyadagi siyosiy qarama-qarshilikni yengish uchun Misr tashkillashtirdi.

Misr vakilining aytishicha, Liviyadagi qarama-qarshi tomonlar 4 qismdan iborat arizani qabul qilishga rozi bo‘lishgan.

Tomonlar hukumatlar rahbarlari 2018 yilda Liviyaning yangi prezidenti va parlamenti ish boshlaguncha o‘z lavozimlarida qolishlariga kelishib olganlar.

Hujjat Liviya sharqida parlament deputatlaridan qo‘shma komissiya va Oliy davlat kengashi yaratishni nazarda tutadi. Komissiya a'zolari parlamentning konstitutsion deklaratsiyaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha faoliyati haqidagi qonun hujjatlarini muvofiqlashtirib olishlari kerak bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid