2003 yilda Muammar Qazzofiy Ğarb bilan munosabatlarni yaxşilaş va sanksiyalardan qutuliş evaziga, Liviyaning yadroviy dasturidan voz keçgan, bor uskunalar va materiallarni AQŞga topşirgan edi. Lekin köp ötmay, 2011 yildagi içki inqiroz vaqtida Ğarb koalitsiyasi Qazzofiy rejimini harbiy yöl bilan ağdardi va mamlakat parokanda böldi. Siyosatşunoslarga köra, hozir Eron şu xatoni takrorlamaslikka intilmoqda.
AQŞ va Eron özaro anglaşuv memorandumi loyihasini kelişib olgani aytilmoqda. Kelişuv tasdiqlangan taqdirda, harbiy harakatlar töxtatiladi va muzokaralarning keyingi bosqiçiga ötiladi, undagi boş masala – Eron yadro dasturi bölişi kutilyapti.
Tomonlar örtasidagi asosiy ziddiyat nuqtasi aynan yadro dasturi bilan boğliq. Ötgan hafta Erondagi manbalar boyitilgan uran zaxirasini mamlakatdan olib çiqiş oliy rahbar tomonidan taqiqlanganini xabar qildi. Siyosiy tahlilçilar “Geosiyosat” dasturida mavzu yuzasidan öz fikrlarini bildirib ötdi.
— Eron 60 foizga boyitilgan uran zaxiralarini Rossiya yoki AQŞga topşirsa, AQŞ keyinçalik Eronning raketa dasturini ham çeklaşga urinmaydimi?
Anvar Yöldoşev: 60 foizgaça boyitilgan uran hali qurol darajasiga yetgan hisoblanmaydi. U faqat 90 foizga yetkazilgandagina yadro quroli uçun mos böladi. Şaxsan menimça, Eron özining boyitilgan uranini heç kimga bermaydi. Çunki bu masala muzokaralarda Tehronning asosiy bosim vositasi, ya’ni siyosiy dastagi hisoblanadi.
Agar Eron yadro zaxiralarini topşirsa, AQŞning talablari şu bilan töxtab qolmaydi. Keyingi bosqiçda raketa dasturidan voz keçiş, dronlar işlab çiqarişni çeklaş va proksi kuçlarga yordamni töxtatiş kabi qöşimça talablar qöyilişi mumkin.
Eron buni çuqur anglagan holda, yadro dasturini davom ettiradi. Hatto boyitilgan uranni suyultirib, darajasini 60 foizdan pasaytiriş takliflari ham amalda bajarilmaydi. Çunki aynan şu omil Eronning muzokaralardagi eng muhim dastagi bölib qolmoqda va u bundan voz keçmaydi.
Kamoliddin Rabbimov: Eronning yadro va boyitilgan uran borasida strategik ikkilamçi yondaşuvi mavjud. Bir tomondan, u barça davlatlar tinç maqsadlarda atom energiyasidan foydalaniş huquqiga ega ekanini ta’kidlaydi. Aslida bu fikr xalqaro huquq nuqtayi nazaridan ham töğri. Biroq xalqaro ekspertlar qayd etişiça, yadro texnologiyalari ikki xil maqsadda qöllanişi mumkin: tinçlik yölida ham, harbiy yönalişda ham. Uranni ma’lum darajadan yuqori boyitiş jarayonida bu ikki yönaliş örtasidagi çegara unçalik katta emas. Natijada u juda qisqa vaqt içida ommaviy qirğin quroliga aylanişi mumkin.







