Misrliklar dollarlardan ommaviy ravishda "qutulmoqdalar"

Foto: Reuters
Misrliklar Misr milliy valyutasi – Misr funti mustahkamlanishi ortida bank va valyuta ayirboshlash shoxobchalarida naqd dollarlarni ommaviy ravishda ayirboshlamoqdalar.
"Joriy haftada fuqarolar bankga kuniga 50-60 mln dollar pul olib kelishmoqda, shu bilan birga avval mavjud bo‘lgan "qora bozor" hozir deyarli faoliyat yuritmayapti", deb ma'lum qildi "Misr banki" boshqaruv raisi Muhammad al-Atribiy.
Ayirboshlash shoxobchalarida ham mahalliy valyutaga talab oshgani ta'kidlanmoqda. "Hozir dollarlar faol ravishda topshirilmoqda, dollarni xarid qilish narxi 16 funtga tushib ketgan bo‘lsa ham, mijozlar ko‘plab kelmoqda", deb aytgan Qohira markazidagi valyuta ayirboshlash shoxobchasi operatori.
Misrning janubiy viloyatlarida AQSh dollaridan tezroq "qutulishni" istaganlarning katta navbatlari yuza kelgan. "Dollardan qutulishni istaganlarning ko‘pligi dollar kursining yanada tushishiga olib kelmoqda, unga talab esa deyarli yo‘q", deb ma'lum qildi "Al-Ahrom" nashri.
Shu bilan birga mutaxassislar Misr funti kursi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning barqarorlashganini isbotlashi borasida xulosa chiqarishga shoshilmaslikka chaqirmoqdalar. Misr iqtisodiy tadqiqotlari forumi rahbari Rashod Abduning tushuntirishicha, milliy valyuta kursining o‘sishi mamlakatdagi iqtisodiyot va moliya sohasidagi vaziyat borasida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘lmagan oddiy odamlarning ijobiy kutishlari natijasi bo‘lishi mumkin.
2016 yil noyabrda Misr Markaziy banki ko‘p yillar davomida birinchi marta Misr funti kursini erkin suzishga qo‘yib yuborgandi, bu esa uning dollarga nisbatan 19 funtgacha, ya'ni 2 marotaba qadrsizlanishiga olib kelgan. Bungacha dollar kursi uzoq vaqt davomida 8,8 funt darajasida saqlanib kelgan. Hukumatning bu qadami mahsulotlar va xizmatlar narxining oshishiga olib kelgan, biroq valyuta "qora bozori"ni tugatishga imkon bergan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
-
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O‘zbekiston | 17:42
-
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi
Jahon | 17:37
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Cobalt’dan tortib BYD Song Plus’gacha bo‘lgan bir qator avtomobillarning narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 17:24
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025