Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: qo‘lga kiritilgan qo‘ng‘iroqlar Tramp shtabining Rossiya razvedkasi bilan aloqasi borligidan darak bermoqda
Foto: RIA
Qo‘lga kiritilgan telefon qo‘ng‘iroqlari AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi va Rossiya razvedkasi o‘rtasida prezidentlik poygasi davomida aloqalar bo‘lganidan darak bermoqda. Bu haqda AQShning amaldagi va sobiq hokimiyati vakillari bayonotiga iqtibos keltirgan holda NYT nashri xabar bermoqda.
AQSh razvedka xizmatlari Moskva go‘yoki AQShdagi saylov jarayoniga aralashishga uringani haqida xabarlar paydo bo‘layotgan vaqtda bunday xulosaga kelganlar.
Shu bilan birga ta'kidlanishicha, ayni vaqtda "Tramp shtabining rossiyalik xakerlar bilan til biriktirgani"ga isbotlar yo‘q. Manbalarning aytishicha, bunday qo‘ng‘iroqlardan birining ishtirokchisi Tramp saylovoldi shtabining raisi Pol Manafort bo‘lgan.
Manafortning o‘zi esa bu gaplarni tuturuqsiz deb atamoqda.
"Bu nimaligi borasida umuman tushunchaga egamasman. Men Rossiya razvedkasi vakillari bilan hech qachon gaplashmaganman va hech qachon Rossiya hukumati yoki tergov olib borilayotgan boshqa istalgan masala bilan bog‘liq birorta narsaga aloqadormasman", deb aytgan Manafort.
Eslatib o‘tamiz, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinn The Washington Post nashrida u telefon orqali Rossiya elchisi bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qilgani haqida ma'lumot chop etilgandan keyin lavozimini tark etdi. Keyinroq Flinn suhbat chog‘ida gap 35 nafar rossiyalik diplomatning AQShdan chiqarilib yuborilishi haqida ketgani va sanksiyalar qayta ko‘rib chiqilishi haqida hech qanday gap ketmaganini aytgan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020