Jahon | 19:05 / 16.02.2017
7405
2 daqiqa o‘qiladi

Kataloniya sobiq rahbari: “Madrid muxtoriyatga qarshi jirkanch urush olib bormoqda”

Kataloniya hukumatining sobiq raisi Artur Mas Ispaniya markaziy hukumatini muxtor viloyatga qarshi “jirkanch urush” olib borishda aybladi.

Mintaqa sobiq rahbarining fikricha, “mustaqillikni (Kataloniyaning) qo‘lga kiritish bo‘yicha jarayon ozodlikka intilmoqda, bu esa Ispaniya davlati tomonidan doimiy tahdid va jirkanch urush olib borilishiga sabab bo‘ldi”. Masning aniqlik kiritishicha, qirollik hukumati raisi Mariano Raxoy Kataloniya muammosini hal qilishi mumkin, ammo bunga xohishi yo‘q. Muxtor o‘lka sobiq rahbarining ta'kidlashicha, “kataloniyaliklarning 80 foizi ular mustaqillikni qo‘llab-quvvatlashidan qat'iy ravishda, referendumni istashmoqda va talab qilishmoqda”.

Mas ayni damda 2014 yili Kataloniyani Ispaniya tarkibidan chiqarish bo‘yicha so‘rovni tashkillashtirish ishida asosiy gumonlanuvchi bo‘lib turibdi. Muxtor viloyat sobiq rahbari hokimiyatni suiste'mol qilish va huquq-tartibot organlariga bosh egmaslikda ayblanmoqda. Prokuratura Masni 10 yil davomida davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilishni talab etayapti.

Ma'lumot uchun, Kataloniya – Ispaniya shimoli-sharqidagi muxtor viloyatdir. So‘nggi yillarda bu yerda ayirmachilik kayfiyati keskin oshib ketdi. Viloyat parlamenti o‘tgan yilning 6 dekabr kuni mustaqillik haqidagi referendumni 2017 yilning sentabridan kechiktirmay o‘tkazish haqidagi rezolyutsiyani ma'qulladi. Ispaniya konstitutsiya sudi esa bu hujjatni bekor qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid