Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik texnik xodimlar Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida malaka oshiradigan bo‘ldi
2017 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida 14 nafar texnik xodimga Yaponiyada malaka oshirish uchun ruxsatnomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri A.Abduhakimov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mas'ul vakillari, mamlakatimizning nufuzli idoralari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yaponiyada texnik malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan yurtdoshlarimiz kunchiqar mamlakatning iqtisodiyotiga hissa qo‘shishi bilan bir qatorda, ona yurtimizga yangi texnologiyalarga oid bilim va ko‘nikmalar, sarmoyalar bilan qaytishga muvaffaq bo‘lishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Yaponiya davlati elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik rishtalari ko‘pgina loyihalarni amalga oshirish imkonini berdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan o‘zbek fuqarolarini Yaponiyada mehnat faoliyatini yuritishi sohasida hamkorlik qilish uchun faol ish olib borildi. Natijada, dastlabki qadam sifatida 2016 yilning 14 mayida agentlik va “Uno” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida qaydnoma imzolandi.
Muzokaralar natijasida Yaponiyaning GRANATJapanCo. Ltd, MarukoFoodCo. Ltd, IIDASangyoCo. Ltd, SAIKONTAN Farm, EastSunCo. Ltd va TakeruCo. Ltd kabi taniqli kompaniyalarida ishlash uchun o‘zbekistonlik stajyorlar tanlab olindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri boshchiligidagi delegatsiya 2016 yil 6-15 may kunlari Yaponiyaning Mehnat vazirligi, vakolatli organlari Savdo-sanoat palatasi, Immigratsiya xizmati, JITKO, JYeTRO va JIKA kompaniyalari bilan o‘zbek ishchilariga kvotalar ajratish borasida muzokaralar olib bordi.

Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:57 / 15.06.2026