Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ertak haqiqatga aylanganda: Toshbaqa quyondan chaqqonroq chiqib qoldi (video)
Facebook’da Super Deluxe mediakompaniyasi namoyish qilgan, toshbaqa va quyon o‘rtasidagi yugurish musobaqasi videosini 3 mln dan ko‘proq odam tomosha qilishga ulgurdi.
Mashable portali ma'lumotlariga ko‘ra, musobaqaning 16 fevraldagi jonli translyatsiyasini 100 mingdan ko‘proq odam ko‘rgan.
Barcha taxminlarga qaramasdan, yugurish bo‘yicha musobaqada toshbaqa g‘olib bo‘ldi va marraga 40 daqiqada yetib keldi.
Musobaqa keskin holatlarsiz kechmadi: shundoqqina marra oldida toshbaqa to‘xtab, bir necha daqiqa davomida uni kesib o‘tishdan bosh tortgan va bu ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar bu holatga toshbaqa "marra chizig‘ini kesib o‘tish uchun eng mos strategiyani ishlab chiqish maqsadida uni o‘rganayotgani" borasida hazilomuz fikr bildirishgan.
Ko‘plab sharhlovchilar esa bu maroqli musobaqa ularni boshqa ishlarni chetga surib turishga majbur qilganidan "shikoyat qilganlar". "Soat tonggi 4, men esa shuni ko‘rmoqdaman", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Mavzuga oid
14:37 / 21.03.2026
O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tkazilgan musobaqada rekord natija qayd etishdi
18:32 / 14.02.2026
Termizda quyonlarni noqonuniy ovlagan shaxsga chora ko‘rildi
10:50 / 18.09.2025
O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
19:04 / 17.04.2025