Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari AQŞda ötkazilgan musobaqada yuqori natijani qölga kiritişdi. Bu haqda Kun.uz’ga vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Harbiy xizmatçilar Ilhom Salomov va Turdimurod Avlayev 16–18-mart kunlari Missisipi ştatidagi “Camp Shelby” harbiy-öquv bazasida ötkazilgan “Eng ilğor jangçi–2026” musobaqasida iştirok etgan. Ular musobaqada AQŞ Milliy gvardiyasining maxsus bölinmalari harbiy xizmatçilari bilan kuç sinaşgan.

Musobaqa davomida harbiy xizmatçilar jismoniy va ruhiy zöriqişlarni yeçişga qaratilgan majmuaviy tösiqlar yölagidan ötiş, tunda 15 km masofaga oriyentirlaş, 20 kg yuk bilan 20 km masofaga marş yuguriş, artilleriya olovini boşqariş, NATO namunasidagi öqotar qurollarni notöliq qismlarga yoyiş, yiğiş va jangovar holatga keltiriş kabi 13 ta şartni muvaffaqiyatli bajargan.

Harbiy xizmatçilar jamoaviy bahs –20 kg yuk bilan 20 km masofaga marş yuguriş şartini 1 soat 48 daqiqada uddalagan. Şunindek, yakka tartibdagi bahslarda Turdimurod Avlayev jismoniy va ruhiy zöriqişlarni özida jamlagan majmuaviy tösiqlar yölagini 10 daqiqa 34 soniyada bosib ötgan. Ilhom Salomov esa tunda 15 km masofaga oriyentirlaş şartini 59 daqiqada bajarişga muyassar bölgan. Ular mazkur şartlarning barçasida musobaqa rekordini yangilagan.

Yakunda özbekistonlik harbiy xizmatçilar musobaqaning maxsus sovrini bilan taqdirlangan. Qayd etilişiça, mazkur musobaqada özbekistonlik harbiy xizmatçilar 2019 yildan beri muvaffaqiyatli qatnaşib, ğoliblikni qölga kiritib keladi.

Avvalroq Özbekiston harbiylari Pokistonda ötkazilgan xalqaro musobaqada ham rekord natija qayd etgandi.