Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boşqarmasi hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi.

Reyd davomida Termiz tumani Uçköl köllari atrofidagi daşt hududida Toşkent şahri Şayxontohur tumanida yaşovçi fuqaro tomonidan 13 boş yovvoyi quyon noqonuniy ovlangani aniqlandi.

Tekşiruv davomida fuqaro ovni taqiqlangan usulda — tunda yorituvçi moslamadan foydalangan holda amalga oşirgani ma’lum böldi.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksga asosan çora körildi. Şuningdek, noqonuniy ov natijasida tabiatga 5 million 356 ming söm miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.

Bundan taşqari, ov jarayonida foydalanilgan, huquqbuzarga tegişli bölgan 3 dona ov miltiği aşyoviy dalil sifatida olib qöyilib, viloyat IIBga topşirildi.