Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi tumanlar aholisi ish haqini to‘liq hajmda naqd shaklda olishi shart?
Foto: Kun.uz
Kun.uz o‘quvchilar murojaatlari bilan ishlashda davom etmoqda. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 2 fevral kuni “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorga imzo chekdi.
Tahririyatga ushbu qaror bilan O‘zbekistonning qaysi tog‘li va olis tumanlarida joylashgan byudjyet tashkilotlari xodimlariga ish haqi, shuningdek, ijtimoiy to‘lovlarni to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirishga oydinlik kiritish so‘ralgan murojaat kelib tushdi.
Kun.uz bu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753 “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining ilovasida tog‘li va olis tumanlar ro‘yxati keltirilgan.
Quyida byudjyet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to‘lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan tog‘li va olis tumanlar ro‘yxatini o‘zbek tilida taqdim etamiz:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1. Qanliko‘l
2. Qorao‘zak
3. Kegeyli
4. Qo‘ng‘irot
5. Mo‘ynoq
6. Taxtako‘pir
7. Chimboy
8. Shumanay
Andijon viloyati
1. Buloqboshi
2. Ulug‘nor
3. Xonobod shahri
Buxoro viloyati
1. Olot
2. Qorako‘l
3. Qorovulbozor
4. Peshku
5. Romitan
Jizzax viloyati
1. Arnasoy
2. Baxmal
3. G‘allaorol
4. Zomin
5. Zarbdor
6. Zafarobod
7. Forish
8. Yangiobod
Qashqadaryo viloyati
1. Dehqonobod
2. Mirishkor
3. Muborak
4. Nishon
5. Chiroqchi
Namangan viloyati
1. Kosonsoy
2. Mingbuloq
3. Norin
4. Yangiqo‘rg‘on
Navoiy viloyati
1. Konimex
2. Nurota
3. Tomdi
4. Uchquduq
Sirdaryo viloyati
1. Xovos
Samarqand viloyati
1. Qo‘shrabot
2. Nurobod
3. Paxtachi
4. Urgut
Surxondaryo viloyati
1. Boysun
2. Qiziriq
3. Muzrobod
4. Sariosiyo
5. Uzun
6. Sho‘rchi
Toshkent viloyati
1. Bo‘stonliq
2. Bo‘ka
3. Pskent
Farg‘ona viloyati
1. Beshariq
2. So‘x
3. Yozyovon
Xorazm viloyati
1. Hazorasp
2. Shovot
3. Yangiariq
4. Yangibozor
Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753 “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 2-bandiga ilova asosida belgilab qo‘yilgan hamda to‘lovlar fevral oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2 fevraldagi qarorida barcha turdagi pensiyalarni to‘lash hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi ham belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:12 / 10.01.2026
Homiladorlik nafaqasi bo‘yicha yangi tartib: rasmiy munosabat e’lon qilindi
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
13:13 / 03.11.2025
Pensiya va nafaqalar 1–5 noyabrda kartalarga tushadi
20:04 / 29.10.2025