2026 yil 1 iyuldan boşlab Qirğizistonda uç yoşgaça bölgan har bir bola har oyda «Bala irisi» («Bolalar baxti») davlat nafaqasini oladi. Bu haqdagi farmonni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov imzoladi.
Nafaqa miqdori 1200 qirğiz sömini (≈168 ming söm) taşkil etadi, u oilaning daromad darajasidan qat’i nazar barçaga tölanadi.
Japarovning ta’kidlaşiça, nafaqa töğrisidagi qaror fuqarolarning köplab murojaatlariga javoban qabul qilingan va bola rivojlanişining eng muhim davrida oilalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
«Aynan hayotning dastlabki yillarida insonning eng muhim jismoniy va aqliy qobiliyatlari şakllanadi, ular u bilan butun umr qoladi. Şuning uçun bugungi farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga yangi «Bala irisi» nafaqasini joriy etiş böyiça topşiriq berdim. Biz bilamiz: har bir bola öz irisi - öz baxti va barakasi bilan tuğiladi», deb tuşuntirdi Qirğiziston prezidenti.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, Qirğizistonda uç yoşgaça bölgan 445 mingga yaqin bola istiqomat qiladi. Şunday qilib, har oyda «Bala irisi» tölovi uçun davlat 530 million qirğiz sömidan ortiq mablağ ajratadi.










