Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Yer yuzidagi 4,3 foiz odam gallyutsinatsiyaga duchor bo‘lgan
Irlandiya Qirollik jarrohlik hay'ati mutaxassislarining aniqlashicha, 4,3 foiz insonlar gallyutsinatsiyadan aziyat chekadi. Tadqiqot natijalari British Journal of Psychiatry jurnalida e'lon qilingan.
Ilmiy ish chog‘ida 16 yoshdan katta 7403 nafar britaniyalik ko‘ngilli sifatida qatnashgan. Ma'lum bo‘lishicha, ularning 4,3 foizi so‘nggi bir yilda eshitish yoki ko‘rishga doir gallyutsinatsiyaga duch kelgan. Tadqiqotda ruhiyati buzilganlar bilan birga sog‘lom kishilar ham qatnashgan. Bu, gallyutsinatsiya har doim ham ruhiy holatga bog‘liq emasligini isbotlaydi.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, ruhiy xastalikka uchraganlar ko‘proq gallyutsinatsiyani boshidan kechirishi ma'lum bo‘lgan.
«Gallyutsinatsiya avval o‘ylanganidan kengroq tarqalgani aniqlandi, – deydi tadqiqot mualliflari. – Bu ushbu holatga duch bo‘lgan insonlarga ular yakka emasligini ko‘rsatadi va shunday simptomlar ruhiyat buzilishi bilan bog‘liq emasligini isbotlaydi».
Bundan tashqari, yangi natija 2015 yilgi xulosaga deyarli mos keladi. O‘shanda, 19 mamlakatning 31 ming aholisi orasida o‘tkazilgan tadqiqotda 5 foiz inson shunday holatga duch kelganliklarini ta'kidlashgan.
Mavzuga oid
13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi
10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar
16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
12:22 / 05.03.2025