Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchi o‘quvchining qo‘pol gapi sabab uning noutbukini sindirib tashladi (video)
Ispaniyadagi xususiy kollej o‘qituvchisi dars paytida o‘quvchining noutbukini sindirib tashladi – uning o‘smir berilgan vazifani bajarmay kelgani hamda boz ustiga qo‘pol gapirganidan jahli chiqib ketgan. Bu haqda craveonline.com xabar berdi.
Pedagog o‘quvchining hurmatsiz munosabati hamda o‘qishni istamasligidan darg‘azab bo‘lib, dars davomida unga tegishli bo‘lgan noutbukni sindirib tashlagan. O‘quvchilardan biri bu holatni telefoniga tushirdi hamda jahl otiga mingan pedagog tasvirlangan rolikni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
Videoda o‘qituvchining o‘quvchiga baqirishi hamda uni aqli yo‘qligida ayblashini eshitish mumkin.
- Men biroz harakat qilishni so‘rayapman! Buni o‘qish uchun biroz harakat kerak! Biz ushbu materialni yodlashga 20 daqiqa sarflayapmiz, 20 daqiqa! – deya ispan tilida gapirgan pedagog.
Biroq bu yigit o‘qituvchiga “o‘z o‘qishi uchun pul to‘layotganini” aytgan. Bu jumla esa o‘qituvchining juda ham qattiq darg‘azab bo‘lishiga olib keldi – u o‘quvchining noutbukini ushlab olib, uni partaga ura boshlagan.
Ayni damda ushbu holat yuzasidan qandaydir tekshiruvlar boshlangani xususida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026