Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya ilmiy markazlari onkologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi va N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA agentligi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Hojiboyev va boshqalar mamlakatimizda aholiga onkologik yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimi yaratilgani va soha bosqichma-bosqich takomillashtirilayotgani inson salomatligini asrashda muhim omil bo‘layotganini ta'kidladi.
N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi jahondagi yetakchi tibbiy-ilmiy muassasalardan biridir.
Tadbirda Rossiya onkologiya ilmiy markazi va O‘zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Uning doirasida onkologik kasalliklar bilan kurashish bo‘yicha ilmiy, amaliy va uslubiy hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish, tibbiy xizmatni rivojlantirish bo‘yicha qator tadbirlar rejalashtirilgan.
– O‘zbekiston onkologiya xizmatining ilmiy-amaliy, moddiy-texnik salohiyati jahon andozalari talablariga to‘la javob beradi, – dedi N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi direktori, akademik Mixail Davidov. – Bugungi tadbir o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim qadam bo‘ldi. Ilmiy-amaliy aloqalarni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar yuzasidan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va tibbiy ta'limni takomillashtirishga doir qator loyihalarni rejalashtirganmiz. Bu ishlar tibbiyot rivoji va inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:17
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026