Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zFAning Navoiy bo‘limi tashkil qilinadi, bo‘lim raisi akademiya vitse-prezidenti bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi.
Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limini saqlash, shuningdek, uning amaliy va innovatsion tadqiqotlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining hisobidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori evaziga qoplanishi belgilangan.
Ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasida fizika-matematika va texnik fanlar, kimyo-biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha bo‘limlar tashkil etiladi.
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi o‘z maqomiga ko‘ra Fanlar akademiyasining vitse-prezidentiga tenglashtiriladi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
08:43 / 29.05.2026
Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazildi
11:12 / 26.05.2026