«Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlaş va ularni attestatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni bilan OAK faoliyatini taşkil etişning yangi tartibi belgilandi.
Farmonga köra, OAK raisi Fanlar akademiyasi prezidenti tavsiyasi asosida, prezident administratsiyasi bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Şuningdek, komissiya raisi 5 yil muddatga tayinlanadi. Bir şaxsning mazkur lavozimni ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallaşiga yöl qöyilmaydi.
OAK rayosati tarkibi ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda har ikki yilda rayosat a’zolarining uçdan bir qismi, har olti yilda esa tarkib töliq yangilanadi. Komissiya raisi mazkur tartibdan mustasno hisoblanadi.
Farmon bilan OAK raisi maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmatlari böyiça Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglaştirildi. Şuningdek, komissiya xodimlarining mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlari Fanlar akademiyasi boşqaruv apparati xodimlari darajasida belgilandi.













