Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, Ahmadbek Todjiyeviç Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 26 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Yusupov OAK raisi lavozimida 2015 yil 11 noyabrdan buyon işlab kelayotgan edi.
2026 yil aprel oyi boşida Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov ilmiy işlarda plagiat köpayib ketgani, Özbekiston nufuzsiz “ilmiy” jurnallardagi maqolalar soni böyiça yetakçiga aylanib qolgani sabab OAK faoliyatini tanqid qilgan, komissiya uning tanqidiga raddiya bergandi.

Keça, 25 may kuni Şavkat Ayupov va oliy ta’lim vaziri Qönğirotboy Şaripov öz takliflarini davlat rahbari huzurida taqdimot qildi. Yiğilişda Oliy attestatsiya komissiyasini Oliy ta’lim vazirligi tizimidan çiqarib, Fanlar akademiyasi tizimiga ötkaziş taklifi ham ilgari surildi.
Komissiya faoliyatini tubdan takomillaştiriş, ilmiy kengaşlar mas’uliyatini oşiriş va ular faoliyatini reyting asosida baholaş nazarda tutilmoqda. Ilmiy daraja beriş jarayonlarini töliq raqamlaştiriş ham közda tutilgan.













