Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyani Chernogoriyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblashdi
Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasidagi o‘z nomi sir qolishini istagan manba ma'lum qildiki, Rossiya Chernogoriyada davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringan. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.
Nashrning qayd etishicha, mamlakatning amaldagi bosh vaziri Milo Jukanovichga rossiyaliklar razvedka xizmati tomonidan suiqasd tayyorlangan. Rossiya maxsus xizmatlari hukumat rahbarini kuzatishgani va serb millatchilaridan iborat guruhni suiqasd uchun tayyorlagani aytilgan.
Xabar qilinishicha, bundan maqsad ushbu mamlakatning NATOga a'zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilish edi.
Chernogoriya Mudofaa vaziri Predrag Boshkovich davlat to‘ntarishi tayyorlash va uni moliyalashtirishga «Rossiya razvedkasi aloqadorligiga hech qanday shubhasi yo‘qligi»ni ma'lum qilgan. Lekin na u, na gazeta bunga dalil keltirgan.
The Telegraph xabarida yozilishicha, Chernogoriyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishi masalasi AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson hamda Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonsonning birinchi uchrashuvi vaqtida muhokama qilingan.
16 yanvar kuni Chernogoriya hukumati Jukanovichga Rossiya fuqarosi Eduard Shirokov tomonidan suiqasd uyushtirilishiga harakat bo‘lganidan gumon qildi. Shu bilan birga Chernogoriya Rossiyaga bu borada hech qanday ayblov bildirmadi.
O‘tgan yilning 27 oktabrida Serbiyadagi Danas gazetasi bir necha rossiyalik terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida yozgandi. 28 oktabr kuni «Kommersant'» nashri yozdiki, vaziyatga BMT Xavfsizlik kengashidagi Rossiya vakili Nikolay Patrushev aralashib, Serbiya va Rossiya munosabatlarida mojaro yuzaga kelmasligini ta'minlagan.
Keyinchalik Serbiya hukumati bu ma'lumotlarni inkor etib chiqdi va mamlakatdan hech kim chiqarib yuborilmagani, Patrushevning Serbiyaga kelishi esa avvaldan rejada bo‘lgani haqida gapirdi.
2016 yil 16 oktabrida Chernogoriyada terakt sodir etishda ayblangan 20 nafar serbiyalik qo‘lga olingandi. Tergov talqiniga ko‘ra, ular muxolifat mitingini o‘qqa tutib, keyin uning ishtirokchilari parlamentni egallashi va bosh vazir Milo Jukanovichni asirga olishini mo‘ljallagandi.
Mavzuga oid
10:28 / 19.02.2026
Chernogoriyada mablag‘siz qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
16:51 / 14.10.2025
Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi
12:12 / 04.01.2025
Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
10:38 / 02.01.2025