Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
Tsetinda 12 kishi otib tashlanganidan so‘ng Chernogoriya hukumati fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tmagan qurollarni topshirishga chaqirdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Bolqondagi kichik mamlakatda aholining qo‘lida 245 mingga yaqin qurol bor.

Foto: Risto Bozovic/AP/picture alliance
Chernogoriya hukumati Tsetindagi qirg‘indan keyin qurol saqlash shartlarini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda 3 yanvar, juma kuni bosh vazir Miloyko Spaich ma’lum qildi, deya xabar beradi dpa.
Chernogoriyada qurol bo‘yicha yangi qoidalar
Juma kuni Spaich Milliy xavfsizlik kengashining bir necha soat davom etgan yig‘ilishiga raislik qildi. Bu vaqtda Podgoritsadagi hukumat binosi derazalari ostida yuzlab odamlar yomg‘ir yog‘ishiga qaramay, miting o‘tkazdi. Ular hukumatni qurol nazorati siyosatining samarasizligida aybladi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi o‘qotar qurol litsenziyasi egalari 2026 yilning 1 yanvariga qadar qo‘shimcha psixologik ko‘rikdan o‘tishi kerak, aks holda ularning litsenziyalari bekor qilinadi. Ruxsatsiz qurolga ega bo‘lganlarga ularni topshirish uchun ikki oy vaqt berildi. Aks holda, ular katta jarimaga tortiladi, deya tahdid qildi bosh vazir. «Bu odamlarga rahm-shafqat bo‘lmaydi», dedi Spayich.
«Qurolning mavjudligi haddan tashqari ko‘p va qo‘rqinchli, uni an’analar bilan oqlab bo‘lmaydi», — deya Spayich so‘zlarini keltiradi AFP.
Chernogoriyada qancha qurol bor?
Dpa yozganidek, Chernogoriya fuqarolari qo‘lidagi ro‘yxatdan o‘tmagan qurollar soni «boshqa Bolqon mamlakatlaridagi kabi» o‘n minglab deb baholanmoqda. Podgoritsa rasmiylari ko‘p yillardan buyon fuqarolarni noqonuniy qurollarni topshirishga chaqirib keladi, ammo natija bo‘lmadi.
AFP agentligining Shveytsariyaning Small Arms Survey loyihasiga tayanib xabar berishicha, 620 ming aholiga ega Chernogoriyada deyarli 245 ming o‘qotar qurol bor.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
-
"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Jamiyat | 19:35
-
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi
Jahon | 19:32
Mavzuga oid

13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi

18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi

10:19 / 17.04.2025
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan

11:50 / 15.04.2025