Eron «baxtsizliklar qutisi» ochilib ketishidan ogohlantirdi
Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning ma'lum qilishicha, yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadidagi muzokaralar og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda NBC xabarida aytilgan.
«Bu ko‘p tomonlama kelishuv, ko‘p tomonlama kelishuv esa muhokama qilinmasligi kerak, yo‘qsa, bunday muzokaralar «Pandora qutisi» (Pandora haqidagi qadimgi grek afsonasida baxtsizliklar qutisi - tahr.) ochilib ketishiga sabab bo‘ladi», — degan u.
U shuningdek, Eron rahbariyati AQShning yangi ma'muriyati bilan ziddiyatga kirishmoqchi emasligini, aql va mulohazakorlik tantana qilishiga ishonishini qayd etgan.
Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning o‘rinbosari Sergey Ryabkov ham Eronning yadroviy dasturi haqidagi kelishuvni qaytadan ko‘rib chiqishga urinish «Pandora qutisi»ning ochilishiga sabab bo‘lishi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
15:31 / 21.05.2018
«To‘p Yevropa tomonida». Eron yadroviy bitimga rioya etish shartini ma'lum qildi
16:57 / 11.05.2018
Eron TIV rahbari YeI, Xitoy va Rossiya bilan yadroviy bitimni muhokama qiladi
07:44 / 08.05.2018
Bugun Tramp Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha qarorini e'lon qiladi
12:58 / 06.05.2018