Eron tomoni yadro dasturi böyiça bitimga, agarda Yevropa ittifoqi mamlakatga AQŞ sanksiyalari tufayli yuzaga keluvçi yöqotişlarni qoplab bersa, rioya qilişda davom etadi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Respublika Atom energiyasi böyiça taşkiloti rahbari Ali Akbar Salohiyning sözlariga köra, Eron aynan şunday şartda bitim bilan nazarda tutilgan kelişuvlarga amal qiladi.
«Töp Yevropa tomonida», - deya qayd etib ötgan Salohiy.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevroittifoq AQŞning yadroviy bitim böyiça qaroriga qaramay, Eronda öz kompaniyalari iştirokini ta'minlab beriş niyatida ekanini ma'lum qilgandi.









