Eron AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi
Mamlakat prezidenti Mas’ud Pizishkiyon AQShni oldingi majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi.

Foto: Getty Images/FILE
Eron o‘zining «tez rivojlanayotgan» yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mas’ud Pizishkiyon ma’lum qildi.
Tehron shu orqali AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan mamlakat oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga yo‘llangan maktubga birinchi marta rasmiy javob qaytardi. Axios’ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, ushbu maktubda yangi yadroviy bitim tuzish bo‘yicha ikki oylik muddat haqida so‘z boradi. Ammo muddat qachondan boshlab hisoblanishi — aniq emas.
Pizishkiyonning so‘zlariga ko‘ra, O‘mon orqali yetkazilgan maktubga berilgan javob Vashington bilan bilvosita muzokaralar imkoniyatini ochiq qoldirgan. «Biz muzokaralardan qochmaymiz. Hozirgacha bizni aynan va’dalarning buzilishi tashvishga solib kelgan. Ular [AQSh] ishonchga loyiq ekanliklarini isbotlashlari kerak», — deydi Pizishkiyon.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron hech qachon muzokaralardan qochmagan va AQShni oldingi majburiyatlarini bajarmaganlikda, jumladan, Trampning birinchi prezidentlik muddati davri — 2018 yilda yadroviy kelishuvdan chiqishda aybladi.
Eronning yadroviy dasturini cheklashni nazarda tutgan bitim 2015 yilda bir qator davlatlar – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy tomonidan imzolanib, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan edi. 2018 yilda Tramp Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha olingan razvedka ma’lumotlariga asoslanib, AQShni bitimdan bir tomonlama ravishda chiqargan. Shundan beri Tehron va Vashington o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar natijasiz qolmoqda.
Jo Bayden davrida Eronning yadroviy dasturi sezilarli darajada oldinga siljigan. 2023 yil dekabr oyi oxirida Xalqaro atom energiyasi agentligi Eron 60 foizgacha boyitilgan uran ishlab chiqarish sur’atlarini oshirgani haqida xabar bergandi (yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun 90 foiz va undan yuqori boyitilgan uran talab etiladi). Shu bilan birga, Eron o‘ziga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga intilmoqda va shu maqsadda yaqinda, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan yadroviy dasturini muhokama qilishni qayta boshlagan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:38
-
RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin
Jahon | 11:29
-
«Real» 8 gol urilgan o‘yinda finalga chiqdi, Saka qaytishini gol bilan nishonladi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:23
-
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
Iqtisodiyot | 11:19
Mavzuga oid

11:29
RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin

09:56
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi

23:06 / 01.04.2025
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi

22:54 / 01.04.2025