Sport | 23:09 / 20.02.2017
17246
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona»da muammolar bor. Messi jamoadan 3 futbolchi ketishini istamoqda

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoaning hozirgi tarkibidan norozi.

Don Balon nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi Luis Enrikening ish uslubidan qoniqmayapti va Lyuka Din, Jyeremi Matyo va Andre Gomesh jamoani tark etishini istamoqda.

Xabarda aytilishicha, Messi bu haqda rahbariyatni xabardor etgan. U bu shartlar bajarilmasa, ya'ni, ushbu futbolchilar ketkazilmasa, yangi shartnoma borasida muzokara boshlamasligini bildirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid