Jahon | 14:13 / 20.02.2017
3931
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvadordagi prezidentlik saylovlarining ilk natijalari paydo bo‘ldi

Foto : AP

Ekvadordagi prezidentlik saylovlarining 1-bosqichidagi ovozlar hisob-kitob qilib borilishiga ko‘ra, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti, yetakchi "Mamlakat alyansi" blokidan nomzod Lenin Moreno o‘zining eng yaqin taqib qiluvchisi, muxolif nomzod Gilermo Lasso bilan farqni oshirmoqda.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 73,6 foiz byulletenlar qayta ishlangandan keyin Moreno 38,7 foiz saylovchilar ovozini olgan. Sobiq bankir Lasso esa 28,83 foiz ovoz to‘plagan. 

1-bosqichda g‘olib bo‘lish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘ishi yoki 40 ovoz to‘plagan holda o‘zining eng yaqin taqib qiluvchisidan kamida 10 foiz ko‘proq ovoz to‘plashi kerak. Agar hech bir nomzod bunga erisha olmasa, unda 2 aprelda saylovlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda 1-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi. 

Saylovlarda yutgan nomzod 24 maydan boshlab prezidentlik lavozimini bajarishga kirishadi. Ekvadorda prezidentlik muddati 4 yilga mo‘ljallangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid