Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Mo‘g‘uliston va RF bilan iqtisodiy yo‘lak barpo etishni tezlashtiradi
Xitoy TIV rahbari Van I Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston iqtisodiy yo‘lagini barpo etish jarayonini tezlashtirish fikrini bildirdi. Bu haqda u mo‘g‘ulistonlik hamkasbi Tsendiyn Munx-Orgil bilan muzokara o‘tkazgach bayonot berdi.
"Rossiya, Mo‘g‘uliston va Xitoy o‘rtasida transport yo‘lagini barpo etishni ilgari surish iqtisodiy taraqqiyotga poydevor yaratadi va Mo‘g‘ulistonning xalqaro ishlarga aralashuviga turtki beradi", - degan Van I. Tsendiyn Munx-Orgil ham jurnalistlar oldidagi chiqishida bu sohadagi «hamkorlikning kengayishi» muhimligini ta'kidlagan.
Xitoy tashqi ishlar vazirining e'tirof etishicha, Mo‘g‘uliston yangi hukumatining «yagona Xitoy» qoidasini qo‘llab-quvvatlashi quvonarli va hurmatga sazovor pozitsiyadir.
Xitoy hukumatining «yagona Xitoy» tamoyili Tayvan masalasida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Qonli fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lgan generalissimus Chan Kayshi (1887-1975) tarafdorlari 1949 yili Tayvanga qochishgan. Shundan beri Xitoyning eng yirik oroli mustaqil ichki boshqaruvga ega bo‘lib, avvalgi Xitoy va boshqa davlat timsollarini saqlab qolgan.
Pekin ma'muriyati orolni XXR viloyatlaridan biri deb biladi. Rasmiy Toshkentning bu boradagi qarashi ham «yagona Xitoy» tamoyiliga mos keladi.