Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Pokiston Afg‘oniston bilan chegarasiga artilleriya joylashtirganini ma'lum qildi
Foto: AP
Pokiston o‘tgan haftada Sahvon-Sharif shahridagi yirik teraktdan keyin boshlangan aksilterrorchilik kampaniyasi doirasida Afg‘oniston bilan chegarasiga og‘ir artilleriyani joylashtira boshladi. Bu haqda Pokistonning Express Tribune nashri xabar bermoqda.
16 fevralda Sahvon-Sharifda sufiy faylasuf va shoir La'l Shahboz Qalandar maqbarasi joylashgan majmua hududida portlash sodir etilgandi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Pokistonda bir haftadan kamroq vaqt ichida ikkinchi yirik terakt bo‘lgan ushbu hujumdan keyin Pokiston armiyasi mamlakatdagi oxirgi bir qator teraktlar Afg‘oniston hududidagi "dushman kuchlari" buyrug‘i bilan amalga oshirilganini va Islomobod javob choralari ko‘rishini aytgan. Mamlakatning turli qismlarida aksilterrorchilik operatsiyalari o‘tkazilmoqda, jumladan Afg‘oniston bilan chegara hududlarida 100 dan ko‘proq jangari yo‘q qilingan, 250 ga yaqini qo‘lga olingan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, artilleriya Torxam va Chaman okruglarida chegaralarga joylashtirilgan. Harbiylarning chegarada joylashuvining kuchaytirilishidan maqsad chegarani noqonuniy kesib o‘tishning oldini olish aytilmoqda va harbiylar bunga barcha kuchlar bilan javob berishga va'da berganlar. Bundan tashqari, chegara oldi hududlari nazorati kuchaytirilgan.
20 fevralda Pokiston armiyasi rasmiy vakili general-mayor Asif G‘ofur armiya bosh qarorgohida yuqori lavozimdagi zobitlar yig‘ilishi o‘tgani va unda Pokiston va Afg‘onistonning aksilterrorchilik sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish masalasi muhokama qilinganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:34
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
23:37 / 20.04.2026